
Platini: VAR - futbolni o‘ldiradi
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini videotakrorlar tizimini (VAR) tanqidiy baholadi.
“Videotakrorlardan faqatgina to‘p chiziqni kesib o‘tgan yoki o‘tmaganini aniqlashda yoki o‘yindan tashqari holatni bilishda foydalanish mumkin. Chunki, bu holatlar aniq faktlarga asoslanadi. Lekin qolgan vaziyatlar...Bu yangiliklar futbolni o‘ldiradi. Bu Formula-1 va velosportda allaqachon o‘z isbotini topdi. Biz hakamlarning ishini o‘ldiryapmiz”, - deydi Platini.
Fikrlar