
Peres Modrichning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishini bundan 6 yil oldin bilgan
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishini ancha oldin bilganini aytdi.
“Luka bir necha yildan buyon eng zo‘r futbolchilardan biri hisoblanardi. Hamma Ronalduni undan yuqori deb o‘ylaydi, ammo bu yil Modrich ushbu mukofotga munosib edi. U mavsum boshidan to oxirigacha ajoyib o‘ynadi. Biz uning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishini bundan 6 yil muqaddam bilgandik”, - deydi Peres.
Eslatib o‘tamiz, “Real” bundan roppa-rosa 6 yil oldin, ya’ni 2012 yil “Tottenxem”dan 3 mln funtga sotib olgan edi.
Fikrlar