
Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarining bosh stadioni «Gelora Bung Karno Main Stadium»da o‘tkazilgan tadbirda mazkur musobaqada ishtirok etuvchi barcha mamlakatlar sport delegatsiyalari stadion bo‘ylab tantanali tarzda chiqish qilishdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi bayroqdori vazifasini avval xabar berilganidek Husniddin Norbekov bajardi.
Marosimda mezbon mamlakat – Indoneziya madaniyati, an’analari aks etgan turli sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi. Shuningdek, Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va barchaga omad tiladi.
Fikrlar