
PSV etakchi futbolchisini 40 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas
Kataloniyaning "Barselona" klubi hamon PSV hujumchisi Irving Losanoni sotib olish haqida o‘ylamoqda.
Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra Losanoga shuningdek “Napoli” ham kurash olib bormoqda. Neapolliklar meksikalik futbolchi uchun 25-30 mln evro taklif qilishga tayyor. Biroq, Eyndxoven jamoasi uni 40 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Losano PSV safiga 2017 yil “Pachuka”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar