PSV Losanoning narxini e’lon qildi

  • 3 yanvar, 2019, 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek PSV hujumchisi Irving Losano "Napoli"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra eyndxovenliklar 23 yoshli meksikalik futbolchini 35 mln evroga baholashmoqda. Ta’kidlash kerakki Losano yozda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Meksika terma jamoasi safida yorqin o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Losano uchun shuningdek "Milan"dan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Losano joriy mavsum PSV safida jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning eyndxovenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!