PSJ safarda "Bordo"ni tor-mor keltirdi

  • 11 fevral, 2017, 09:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya chempionatining 25-tur o‘yinlariga start berildi. Unai Emeri boshchiligidagi PSJ safarda “Bordo” klubi mexmoni bo‘ldi.

Tecno

Uchrashuv parijliklarning to‘liq ustunligida kechdi. Yakuniy hisob ham shunga yarasha bo‘ldi – 0:3. Shu kuni Kavani (6’, 47’) dublga erishgan bo‘lsa, di Mariya ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng PSJ ochkolarini 55taga etkazib oldi. Bitta o‘yin kam o‘tkazgan peshqadam “Monako” hisobida ham 55 ochko bor.

"Bordo" – "PSJ" – 0:3 (0:2)

Gollar: Kavani 6’ – 0:1, Di Mariya 40’ – 0:2, Kavani 47’ – 0:3

"Bordo": Karrasso, Gaich Milan, Yovanovich, Pallua, Sabali, Plashil (Vada 66’), Tulalan, Sanxare, Malkom (Labord 79’), Rolan, Menez (Kamano 57’)

Zahira: Kontento, Pellenar, Prior, Arambarri

"PSJ": Trapp, Mene, Kimpembe, Markinos, Kyurzava, Verratti (Nkunku 60’), Motta, Rabio, Lukas, Kavani (Ben Arfa 71’), Di Mariya (Draksler 63’)

Zahira: Matuidi, Maksvell, Ore, Areola

Ogohlantirish: Motta 21’

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!