
PSJ futbolchisi "Bordo"ga ko‘chib o‘tdi
PSJ yarim himoyachisi Yasin Adli faoliyatini "Bordo"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Unga ko‘ra 18 yoshli futbolchining transferi 5,5 mln evroni tashkil etgan. Adli esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Adli asli PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum UEFA yoshlar ligasida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar