
PSJ Sanchesni faqat bir shart bilan sotib oladi
Frantsiyaning PSJ klubi "Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanchesni sotib olishga tayyor, faqat bir shart bilan.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga qaraganda Frantsiya chempioni 29 yoshli futbolchi maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan taqdirdagina uni o‘z tarkibiga jalb etishi mumkin. Qayd etish kerakki, chililik futbolchining ayni damdagi yillik maoshi 29,3 mln evroni tashkil etadi.
Parijliklar esa Sanchesga bunday maoshni to‘lay olishmaydi. Boisi, agar shunday qilishsa UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzib qo‘yishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sanches MYu safida joriy yil boshidan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida mankuanliklar safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar