PSJ Dani Alvesni tarkibda saqlab qolmoqchi

  • 20 fevral, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ himoyachisi Dani Alves katta ehtimol bilan yana parijliklar safida o‘ynashda davom etadi.

UOL Esporte tarqatgan xabarga qaraganda PSJ rahbariyati tez orada 35 yoshli braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Ta’kidlash lozimki, uning amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alves faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirmoqchi ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Alves joriy mavsum PSJ safida 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
20/02/2019 09:11
35га кирибтию...энди нима қилади шартномани узайтириб