
PSJ Boateng uchun "Bavariya"ga qancha bermoqchi?
Frantsiyaning amaldagi chempioni hisoblangan PSJ klubi "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Culture PSG tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 29 yoshli futbolchi uchun 35 mln evrodan voz kechishga tayyor. Aytish lozimki, Boatengni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning o‘zi Parijda ko‘rishni istamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra PSJ Boatengning o‘ziga yiliga 8 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Fikrlar