PSJ "Ayaks" futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 10 yanvar, 2019, 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amsterdamning “Ayaks” klubi yarim himoyachisi Donni van de Bek PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra amsterdamliklar 21 yoshli gollandiyalik futbolchini 20 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Unga PSJdan tashqari shuningdek «Tottenxem», «Manchester Yunayted» va «Roma» klublari ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Donni van de Bek joriy mavsum Gollandiya chempionatida 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!