PFL futzal klublari vakillari ishtirokida majlis o‘tkazadi

CHERY AUTO

Rejaga ko‘ra, futzal bo‘yicha chempionatning 2-davrasi 19 avgust kuni start olishi kerak. Unga qadar xalqaro musobaqada ishtirok ishtirok etgan AGMK klubi vakillari ham ortga qaytib ulguradi. Shundan kelib chiqib, PFL ishtirokchi jamoalar rahbariyatini 15 avgust kuni bir joyga yig‘ishni lozim deb topdi. Uchrashuv 15:00 ga belgilangan. 

Tecno

Kun tartibida chempionatning 1-davrasida kuzatilgan kamchiliklar, 2-davra o‘yinlari uchun tayyorgarlik masalasi bo‘ladi. Shuningdek, futzal klublari ishtirokidagi o‘yinlar translyatsiyasini sezilarli ravishda ko‘paytirish rejasi muhokama qilinadi.

PFL “Sport” telekanali bilan maslahatlashgan holda, futzal chempionatini kuz—bahor mavsumiga o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu masala endi klublar vakillari tomonidan muhokama qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!