O‘zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi

  • 3 sentabr, 2018, 09:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, 6 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik murabbiy qo‘lostidagi ilk o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi. 

Mazkur uchrashuv oldidan 5 sentyabr kuni “Milliy” stadionning matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjuman soat 11:00da boshlanadi. Matubot anjumanidan keyin ommaviy axborot vositalari xodimlariga o‘rtoqlik o‘yinlari uchun akkreditatsiyalar taqdim qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, muxlislar O‘zbekiston - Suriya uchrashuvi chiptalari "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar savdosi davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!