O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

  • 11 fevral, 2019, 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari Toshkentda yig‘in olib borishayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘in davomida serbiyalik mutaxassis futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratmoqda. 
 
Yig‘in davomida olimpiya terma jamoasi a’zolaridan jismoniy testlar olindi. Test natijalariga qarab murabbiylar shtabi har bir futbolchi uchun alohida yuklamalar berishmoqda. Kecha navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida futbolchilar ikki guruhga bo‘lingan holda nazorat o‘yini o‘tkazishdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘ini 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi a’zolari Ispaniyaga yo‘l olib, o‘sha erda yig‘inni davom ettirishadi. San-Pedro-del-Pinatar shahridagi yig‘in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning "VSG Vattens" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19 fevralda esa "Real Mursiya A" jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
 
16 fevral 
O‘zbekiston OTJ - "VSG Vattens"
 
19 fevral
O‘zbekiston OTJ - "Real Mursiya A" 
 
21 fevral
O‘zbekiston OTJ - "Lokomotiv" Tbilisi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!