
O‘zbekiston chempioni Daniya chempioniga mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor Toshkentning "Lokomotiv" klubi ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-yig‘in mashqlarini o‘tkazmoqda.
"Temiryo‘lchilar" bugun Daniyaning 10 karra va amaldagi chempioni hisoblangan "Brondbyu" jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Dubay shahridagi "Jebel Ali" stadionida kechgan o‘yin 3:1 hisobida daniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Lokomotiv" - "Brondbyu" (Daniya) 1:5
Gollar: Uilchek (38, 0:1), Timurxo‘ja Abduholiqov (40, 1:1), Ercheg (52, 1:2), Doelpunt (53-pen, 1:3), Xedlund (80, 1:4), Ercheg (85, 1:5).
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Farruh Ibrohimov, Sergey Proxorov, Igor Yelich, Sadriddin Abdullaev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Jumaboev, Yovan Jokich, Xusniddin G‘ofurov, Alisher Shog‘ulomov, Timurxo‘ja Abduholiqov.
Zaxiradan tushganlar: Ma’mur Ikromov, Bobur Ergashev, Bobur Otaxonov, Avazbek O‘lmasaliev, Ulug‘bek Abdullaev, Asad Ergashev, Azizbek Haydarov, Shuhrat Muhammadiev, Seiya Kojima.
Fikrlar