O‘zbekiston ayollar OTJ xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi
Tokio Olimpiadasining saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi "Turkish Women's Cup 2019" xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kecha tunda terma jamoamiz a’zolari Turkiyaga uchib ketishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov Turkiyadagi musobaqaga quyidagi futbolchilarni olib ketdi:
Darvozabonlar:
Jonimqulova Maftuna «Sevinch»
Boymatova Gulandon «Metallurg»
Tilolova Laylo «Sevinch»
Himoyachilar:
Asadova Dilrabo «Cevinch»
Husnitdinova Soliha «Bunyodkor»
Dadaboeva Xolida «Metallurg»
Bektemirova Dilnoza «Bunyodkor»
Boboxo‘jaeva Feruza «Sevinch»
Shoyimova Maftuna «Sevinch»
Zarbieva Tanzilya «Sevinch»
Qo‘chqorova O‘g‘iloy «Sevinch»
Norboeva Aziza «So‘g‘diyona»
Yarim himoyachilar:
Nozimova Dildora «Metallurg»
Zoirova Umida «Bunyodkor»
Turdiboeva Feruza «Bunyodkor»
Bahromova Fazilat «Sho‘rtan»
Safina Rushaniya «Sevinch»
Burhonova Malika «Sevinch»
Panjieva Maftuna «Sevinch»
Zaripova Kamila «AGMK»
Hujumchilar:
Berdieva Kamola «Lokomotiv»
Dadajonova Nilufar «Andijanka»
Qudratova Nilufar «Sevinch»
Qurbonova Shahnoza «Sevinch»
Habibullaeva Diyora «Metallurg»
Alanya shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boradi. O‘yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz «A» guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. «B» guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Frantsiya, Qozog‘iston va Iordaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
27 fevral:
Hindiston – O‘zbekiston (Side shahri, «Evrenseki» stadioni)
1 mart:
O‘zbekiston – Ruminiya (Side shahri, «Evrenseki» stadioni)
3 mart:
O‘zbekiston – Turkmaniston (Side shahri, «Xane» stadioni)


Fikrlar