O‘zbekiston OTJ futbolchilari bugun jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlar topshirishdi
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zolari Toshkentda yig‘in olib borishayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘in davomida serbiyalik mutaxassis futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratmoqda.
Bugun olimpiya terma jamoasi a’zolaridan jismoniy testlar olindi. Test natijalariga qarab murabbiylar shtabi qaysi futbolchiga qanday yuklamalar berish zarurligi bo‘yicha xulosa qilishadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘ini 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi a’zolari Ispaniyaga yo‘l olib, o‘sha erda yig‘inni davom ettirishadi. Ispaniyadagi yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Fikrlar