O‘zbekiston 22 mart kuni Urugvayga qarshi o‘ynaydi

  • 2 mart, 2019, 13:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning mart oyida "China Cup" musobaqasida qatnashishi haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Mazkur musobaqa 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland terma jamoalari ishtirok etadi. Turnir yarim final va finaldan iborat bo‘ladi.
 
Musobaqa tashkilotchilarining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston yarim finalni 22 mart kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Xitoy esa  21 mart kuni Tayland bilan kuch sinashadi. Yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar 25 mart kuni finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Shuningdek, yarim finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar 25 mart kuni 3-o‘rin uchun bahsda maydonga tushishadi. 
 
Ma’lumot uchun, "China Cup" musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017 yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.
 
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi "China Cup-2019" musobaqasiga yo‘l oladigan tarkibni e’lon qildi.
 
Darvozabonlar:
Fernando Muslera ("Galatasaroy", Turkiya)
Martin Kampanya ("Independente", Urugvay)
Martin Silva ("Libertad", Paragvay)
 
Himoyachilar:
Diego Godin ("Atletiko", Ispaniya)
Sebastyan Koates ("Sporting", Portugaliya)
Xose Mariya Ximenes ("Atletiko", Ispaniya)
Gaston Silva ("Independente", Urugvay)
Martin Kaseres ("Yuventus", Italiya)
Matias Suares ("Defensor Sporting", Urugvay)
Marselo Sarachchi ("Leyptsig", Germaniya)
Naytan Nandes ("Boka Xuniors", Argentina)
 
Yarim himoyachi:
Jovanni Gonsales ("Penyarol", Urugvay)
Diego Laksalt ("Milan", Italiya)
Lukas Torreyra ("Arsenal", Angliya)
Matias Vesino ("Inter", Italiya)
Rodrigo Bentankur ("Yuventus", Italiya)
Karlos Sanches ("Santos", Braziliya)
Nikolas Lodeyro ("Sietl Saunders", AQSh)
Kamilo Mayada ("River Pleyt", Argentina)
Federiko Valverde ("Real Madrid", Ispaniya)
Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo", Braziliya)
 
Hujumchilar:
Gaston Pereyro ("PSV", Gollandiya)
Jonatan Rodriges ("Santos Laguna", Meksika)
Maksi Gomes ("Selta", Ispaniya)
Kristian Stuani ("Jirona", Ispaniya)
Edinson Kavani ("PSJ", Frantsiya)
Luis Suares ("Barselona", Ispaniya)
 
Bosh murabbiy:
Oskar Tabares
 
"China Cup-2019" musobaqasi oldidan Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi. Mazkur matbuot anjumani davomida bosh murabbiy musobaqaga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
06/03/2019 22:57
Еши утган чолларни яна термага чакиради
&
darwesh
02/03/2019 22:00
Купер тактикасини куролмаймиз. Уругвай узини уйинини килади
&
Zulfiqarov Husanboy
02/03/2019 15:07
Ajoyib ish bolibdi zo'r yaxshi
&
Лео Месси
02/03/2019 14:10
Мана энди кўрамиз Куперни тактикасини...