
O‘tgan mavsumni "Neftchi"da boshlagan ukrainalik darvozabon yangi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qilishi mumkin
O‘tgan mavsumni Farg‘onaning “Neftchi” klubida boshlagan ukrainalik posbon Vitaliy Mirnyy bu mavsumni ham O‘zbekiston Superligasida o‘tkazishi mumkin.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 26 yoshli darvozabon ertaga “Andijon” yig‘iniga kelib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Mirnyy o‘tgan mavsum “Neftchi” safida 9ta o‘yinda maydonga tushib o‘z darvozasidan 15ta gol o‘tkazib yuborgan edi.
Fikrlar