
Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabida Toshkent shahar ochiq chempionati nihoyasiga etdi (foto)
Qomusimizning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan musobaqa ikki kun davom etdi. Ikkikurash va to‘siqlardan sakrab o‘tish musobaqasida 50 nafarga yaqin yosh chavandoz omadini sinovdan o‘tkazdi.
G‘olib va sovrindorlar orasida Izzatilla Abdug‘afforov, Abdulloh Kamolxonov, Asadulla Abdug‘afforov, Yormuhammad Fozilxo‘jaev, Asilxon Xoshimxo‘jaev, Elnur Aminov, Zokir To‘rajonov, Azamat Norboev, Amina Yuldosheva, Javlon Ismoilovlar bor. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tegishli diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Fikrlar