
Ot sporti bo‘yicha mahorat maktabidan fotoreportaj
Avval xabar qilganimizdek, bu erda ikkikurash va to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati start oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi,"Sog‘lom avlod uchun" Xalqaro hayriya fondi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida o‘tkazilayotgan chempionat havoning sovuqligiga qaramasdan ancha muxlislarni to‘pladi.
Tantananing ochilish marosimida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi" bilan to‘planganlar muborakbod etildi. So‘ngra poytaxt tsirk va estrada kolleji o‘quvchilari davraga fayz kiritdi.
Birinchi kungi o‘tkazilgan musobaqalarda Izzatilla Abdug‘ofurov o‘zining "Said" laqabli tulporida g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Abdulloh Kamolxonov va Asadullo Abdug‘afforovlarga nasib etdi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Fikrlar