Osiyoning bo‘lajak yulduzi yoxud 18 yoshli iroqlik futbolchi Evropa klublari diqqat markazida

  • 27 yanvar, 2019, 12:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

BAAda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida yorqin o‘yinlar namoyish etgan iroqlik hujumchi Mohanad Aliga Evropa va yaqin sharq klublaridan qator takliflar kelib tushdi. Ammo, futbolchining yaqinlari aytishicha Alining transfer huquqiga egalik qiluvchi “Al-Shorta” klubi uni qo‘yib yuborishni xohlamayapti.

Tecno

m1

Gap shundaki Iroq terma jamoasi safida Osiyo kubogida 2ta gol urishga erishgan 18 yoshli hujumchining politsiyachilar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Shu bois uning joriy qishki transferlar davrida “Al-Shorta”dan ketish rejasi amalga oshmasligi mumkin. E’tiborlisi, xorij klublari yosh iqtidor egasi uchun 1 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, bu ham jamoa rahbariyatini qiziqtirmayapti. Shu bilan birga agar “Al-Shorta” Mohanad Alini qo‘yib yuborishni va buning evaziga o‘z narxini e’lon qilsa, xorij klublari yanada ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor.

Ma’lumotlarga qaraganda Turkiyaning “Galatasaroy” klubi Ali uchun 1 mln evro taklif qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, turk klubi keyinroq ushbu mablag‘ni 2 mln evroga ko‘targan.

m2

Shuningdek BAAning “Al-Ayn” klubi 800 ming evro taklif qilmoqda. Ular shuningdek futbolchining kelajakdagi har qanday transferidan “Al-Shorta”ga 20%  bonus ham va’da qilishgan. Bundan tashqari, “Al-Ayn” rahbariyati “Al-Shorta”ning BAAda o‘tkazadigan yig‘ini uchun barcha to‘lovlarni qoplashini ham aytgan.

Mohanad Aliga shuningdek Daniyaning “Mityulland” hamda Belgiyaning “Genk” klublari 700 000 evrodan taklif qilishmoqda. Chexiyaning “Slaviya Praga” klubi esa 600 000 evro to‘lashga tayyor.

m3

E’tiborlisi, Aliga Italiya A Seriyasi vakili hisoblangan “Kalyari” klubidan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Sardinyaliklar 18 yoshli futbolchi uchun umumiy hisobda 1 mln evro to‘lashga tayyor. Unga ko‘ra ushbu mablag‘ning 500 ming evrosi futbolchi transferi amalga oshirilgach to‘lab beriladi. Qolgani esa bosqichma-bosqich berib boriladi. Buning uchun, Ali Iroq terma jamoasi safida yana 5ta o‘yinda kamida 45 daqiqa maydonga tushishi kerak (100 ming), “Kalyari” safida ham kamida xuddi shunday 5ta o‘yin o‘tkazishi kerak (100 ming), Iroq terma jamoasi safida rasmiy o‘yinlarda 3ta gol urishi kerak (100 ming), “Kalyari” safida ham rasmiy o‘yinlarda 3ta gol urishi kerak. Shuningdek, agar “Kalyari” Alini boshqa jamoaga sotgan taqdirda “Al-Shorta” yana qo‘shimcha 100 ming evroga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi ham Aliga qiziqish bildirmoqda. Garchi ushbu jamoa hali rasmiy taklif bilan murojaat qilmagan bo‘lsada, bu borada kurashda ishtirok etmoqchi.

iraq2

Iroq futbolining bo‘lajak yulduziga shuningdek Qatar grandi “Al-Duxail” hamda Misr grandi “Al-Axli” ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, “Al-Shorta” ayni damda 12ta turdan so‘ng Iroq premer-ligasida 30 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Mohanad Ali ushbu jamoa sharafini 2013 yilning sentyabridan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 46ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998934076707
27/01/2019 13:26
Пахтакор олсин. Пул булса.
&
Лео Месси
27/01/2019 12:53
Қачон бизданам шунақа футболчилар чиқаркин а)))
&
user
27/01/2019 12:37
2-3 mln taklif qilishsin natijalari yaxshiku