
Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika bellashuvlari qaysi vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi?
Tobora yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlari ko‘plab sport muxlslari va jamoatchilik e’tiborini tortmoqda. Bellashuvlar dasturiga kiritilgan bir qator sport turlarida yangiliklar bo‘lib, ulardan biri og‘ir atletika dasturida.
Poytaxtimizda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan avval Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi o‘tkazgan seminarga ko‘ra, ushbu sport turida yangi vazn toifalari joriy etiladi va Olimpiya o‘dyinlari, Osiyo o‘yinlari kabi yirik sport musobaqalari uchun ham vazn birliklari tanlab olingan edi.
Unga ko‘ra, bo‘lajak Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida quyidagi vazn toifalarida bahslar bo‘lib o‘tadi: 61, 67, 73, 81, 96, 109 va +109. Ayollar toifasidagi vaznlar esa quyidagicha ko‘rinish oldi: 49, 55, 59, 64, 76, 87 va +87.
Fikrlar