Osiyo kubogi – 2019. Tanishing, Hindiston terma jamoasi

  • 18 dekabr, 2018, 00:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qit’amizning yirik musobaqasi oldidan SPORTS.uz internet axborot portali Osiyo kubogida ishtirok etuvchi terma jamoalar bilan tanishtirishda davom etadi. 

Tecno

Hindiston futboli qit’amizda u qadar kata nufuzga ega emas, ammo ular ham mazkur musobaqaga shunchaki 3 ta o‘yin o‘tkazib ketish uchun kelishmasligi aniq. Bugungi maqolamiz esa aynan “sariq qit’a”dagi eng katta mamlakatlardan biri – Hindiston haqida bo‘ladi.

Bez nazvaniya (1)

Mazkur davlatda sportning futbol turi uch yoki to‘rtinchi o‘rinda turadi. Kriket va chim ustida xokkey o‘yinlari hindlarning jonu dili sanaladi. Xattoki groyssmeyster – Vishvanatan Anandning bir o‘zining muxlisi futbol muxlislaridan ko‘proq bo‘lsa ajab emas. Hindlar o‘lkasida futbolni rivojlantirish uchun ikki bor harakat qilib ko‘rilgan, ammo har ikki safar bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Balki, buning asosiy sababi reformatorlarning hind emas, chet elliklar qilgani bo‘lsa kerak. Zero bu strategiyalarning biri ingliz, biri esa irlandiyalik tadbirkor tomonidan ishlab chiqilgan edi.

Shunday urunishlarning so‘nggisi 2013 yilda amalga oshirilgan edi. O‘shanda ingliz sarmoyasi yordamida Hindistonda ham MLS singari liga – Superliga tashkil qilish rejalashtirilgan edi. Ammo bu liga mamlakatda u qadar rivoj topa olmadi. Javoharlal Neru nomidagi kubokda faqatgina “ATK” va “Chennayn” jamoalari g‘olib chiqishi. Superliganing tubsizlikka cho‘kishiga sabab, u bilan bir vaqtda I Liganing ham davom ettirilganligi bo‘ldi. Aynan mazkur turnirda dastlabki uch o‘rinni olgan jamoagina OFK tasarrufidagi turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritar edi.

Shunday bo‘lsada, mana shu 4 yil davomida Hindistonga Freddi Yungberg, Rober Pires, Aleks del Pero, David Trezege, Marko Materatstsi, Alessandro Nesta, Yon-Arne Rise, Devid Jeyms, Mikael Silvestr, Lusio, Nikolya Anelka va Roberto Karlos singari yulduz futbolchilar tashrif buyurib, mahalliy muxlislarga olam-olam quvonch ulashdi.

Xo‘sh, Hindiston terma jamoasichi Hindlar bir marta JChga chiqishgan. U ham o‘tgan asrning 50 yillariga to‘g‘ri keladi, ammo futbolni yalangoyoq o‘ynab bo‘lmasligi sabab, Hindiston terma jamoasi mundialda ishtirok etmaydi. Butsa muammosi 1956 yilda hal etiladi va o‘sha yili jamoa olimpiadada ishtirok etib, yakunda 4-o‘rinni qo‘lga kiritadi. Ular o‘sha musobaqada faqat bir bor g‘alaba qozonishgan xolos, Vengriya termasi ilk raundda Hindistonga qarshi o‘ynashdan bosh tortgan edi.

Hindiston – Janubiy Osiyodagi “kichik musobaqalar”ning favoriti va ko‘p karra g‘olibi sanaladi. Shunday bo‘lsada, “ko‘k yo‘lbarslar” o‘zlarining ilk Osiyo kubogidayoq kumush medallarga ega chiqqan edi. To‘g‘ri, Isroilda o‘tgan musobaqaga Pokiston va Eron termasining bormagani bunda alohida ahamiyat kasb etgan edi. Arablarsiz Osiyo kubogi esa biroz g‘alati bo‘ladi. Kamiga turnirdagi qoidalar ham g‘alatiligi bilan esda qolarli bo‘lgan – 80 daqiqa o‘yin, hakamsiz o‘yinlar. Keyingi ishtirok – 1983 va 2011 yillardagi ishtirok esa juda ham omadsiz chiqqan. Dastlabkisida 0 ochko va 0 ta gol bilan musobaqani yakunlagan bo‘lishsa, Qatardagi musobaqada Sunil Chetrining ikki goli “ovunchoq” bo‘lgan edi.

Bez nazvaniya

Hozirda Hindiston terma jamoasini angliyalik Stefan Konstantin boshqarmoqda. Asli kelib chiqishi afg‘on-falastinlik bo‘lgan Konstantin 15 yoshidayoq jiddiy jarohatga yo‘liqadi. 26 yoshida esa xattoki nogiron bo‘lib qolishi ham mumkin edi, biroq o‘zining tirishqoqligi va matonati bilan bugungi darajaga etishdi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, asosan Osiyodagi kuchsiz terma jamoalarda ish olib borganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Hindiston BAAda o‘tadigan qit’a birinchligi uchun o‘z oldiga u qadar jiddiy maqsad qo‘ymagan. Ular 2026 yilgi mundial saralashiga qadar mamlakat futbolini rivojlantirishni o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib olishgan.

Hindiston milliy terma jamoasi

FIFA reytingidagi o‘rni – 97

Ilk uchrashuvi (mustaqillikka erishguniga qadar): Avstraliya – Hindiston 5:3 (1938 yil 3 sentyabr, Sidney)

Ilk uchrashuvi (mustaqil bo‘lganidan so‘ng): Hindiston – Frantsiya 1:2 (1948 yil 31 iyul, London)

Eng yirik g‘alabasi: Avstraliya – Hindiston 1:7 (1956 yil 12 dekabr, Sidney), Hindiston – Kambodja 6:0 (2007 yil 17 avgust, Nyu Dehli)

Eng yirik mag‘lubiyati: Yugoslaviya – Hindiston 10:1 (1952 yil 15 iyul, Xelsinki)

Osiyo kubogidagi ishtiroki: 3 marta (1964, 1983, 2011)

Eng yaxshi natijasi: 2-o‘rin (1964)

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Sunil Chetri (103 o‘yin)

Eng ko‘p gol kiritgan futbolchi: Sunil Chetri (65 gol).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!