
Osiyo kubogi-2019. Xitoy Filippinni yirik hisobda mag‘lub etib pley-off masalasini muddatidan avval hal etdi
"Muhammad Bin Zayed" stadionida kechgan uchrashuvda Marchelo Lippi shogirdlari 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Vu Lei (2 ta) va Yu Dabaolar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa xitoyliklar hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa muddatidan oldin pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Filippin esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar