
Osiyo chempionati kashfiyotlaridan biri yangi mavsumni "Andijon" safida o‘tkazadigan bo‘ldi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan va o‘z safiga yangi futbolchilarni qo‘shib olayotgan "Andijon" yana bir yirik transferga yo‘l urdi.
Yaqindagina yakuniga etgan Osiyo Kubogida mazmunli o‘yin namoyish etib, muxlislarni xursand qila olgan Qirg‘iziston terma jamoasi a’zosi, Ahliddin Isroilov “Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tish lozimki, Isroilov Qirg‘iziston milliy terma jamoasining Osiyo kubogidagi tarixiy birinchi goli muallifi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun:
Ahliddin Isroilov.
Ampluasi: Yarim himoyachi.
Yoshi: 24 yosh (1994 yil, 16 sentyabr).
O‘ynagan jamoalari: “Dinamo-2” (Kiev) 2012-2016, “Cherkaskiy” (Dnepr) 2016-2017,
“Neroka” (Hindiston) 2017, “PSIS Semarang” (Indoneziya) 2018.
Milliy terma jamoa safida turli musobaqalarda jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta tarixiy golga mualliflik qilgan.
Fikrlar