
“Orenburg” o‘z maydonida “Rubin”dan ustun keldi, Afonin to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi
Bugun Rossiya premer-ligasining 13-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Jumladan, yana bir necha daqiqalar oldin hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan “Orenburg” o‘z maydonida “Rubin”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekistonlik futbolchi shu kuni to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
“Orenburg” – “Rubin” 1:0 (0:0, 1:0)
5 noyabr, «Gazovik»
Gol: 1:0 – 57, penalti Sutormin.
“Orenburg” – Dovbnya, Malyx, Sivakov, Begich, Andreev, Terexov, Chirkin (Chukanov, 46), Afonin, Mishkich, Sutormin, Galadjan (Kulishev, 89).
“Rubin” – Konovalov, Uremovich, Navas, Sorokin, Podberezkin (Mogilevets, 71), Tsallagov, Yakovlev, Kambolov, Konovalov, Kudryashov, Poloz (Buxarov, 62), Bayramyan.
Ogohlantirishlar: Kambolov (18), Begich (18), Kudryashov (56), Konovalov (63), Afonin (72).
Chetlatish: Sorokin (87).
Fikrlar