
"Orenburg" klubini politsiya tekshirmoqda
"Mutko protiv" telegram kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, yosh futbolchi bolalarning ota-onalari murabbiylar tomonidan farzandlariga yomon munosabatda bo‘layotgani, haqorat qilayotgani va asossiz ravishda zaxiraga "mixlayotgani"dan norozilar.
Avval huquq-tartibot organlari tomonlarning o‘zaro kelishib olishlari kerakligi borasida maslahat bergan edi. Biroq keyinchalik politsiya bolalar jamoasi murabbiyini so‘roq qilgan. Hozirda esa mazkur tashkilot klub hujjatlarini tekshirayotgani aytilmoqda.
Fikrlar