Oksana Chusovitina jahon chempionatida taqdirlandi

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina kecha Doxadagi jahon chempionatida ishtirok etib, to‘rtinchi pog‘onani qayd etdi. Garchi vakilamiz shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsa ham, musobaqa tashkilotchilari 43 yoshli afsonaning mana shunday yuqori sport formasida ishtirok etayotganini bee’tibor qoldirishmadi. 

Tecno

Musobaqa homiylaridan biri "Longines" brendi yurtdoshimizning ishtirokini taqdirlab so‘nggi dizaynda chiqarilgan qo‘l soatlaridan birini hadya qildi. 

Oksana_sports_uz

O‘z navbatida Chusovitina bunday e’tibor uchun musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Oksana kecha tayanib sakrash mashqining finalida to‘rtinchi natijani qayd etgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!