
Odil Ahmedovning jamoasi muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi
Bugun Xitoy Superligasida 29-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi ushbu turda “Beyjin Jenxe” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng Ahmedovning jamoasi o‘z ochkolari sonini 68taga etkazib oldi va so‘nggi tur oldidan eng yaqin taqibchisi hisoblangan “Guanjo Evergrand”ni naqd 8 ochkoga ortda qoldirdi. Shu tariqa “Shanxay SIPG” muddatidan avval mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov joriy mavsum Xitoy Superligasida jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar