
Oblak Sloveniya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok etmaydi
"Atletiko" Madrid klubi darvozaboni Yan Oblak Sloveniya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 25 yoshli posbon FIFA kunlarida “matraschilar” qarorgohida qolib yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida qo‘lidan olgan jarohatidan davolanishni davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Sloveniya terma jamoasi UEFA Millatlar kubogi doirasida 6 sentyabr kuni Bolgariya va 9 sentyabr kuni Kiprga qarshi bahs o‘tkazadi.
Fikrlar