
Oblak "Atletiko"dan ketmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak jamoadan ketish haqida o‘ylay boshladi.
Marca nashrining yozishicha sloveniyalik posbonga klub yangi shartnoma taklif qilmayotgani yoqmayapti. Aytish lozimki, madridliklar so‘nggi bor Oblak bilan 2016 yil shartnomani uzaytirishgan edi.
Unga ko‘ra Oblak bilan kelishuv 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Ayni damda uning tovon puli esa 100 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Oblak joriy mavsum “Atletiko” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushgan va shularning 7tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar