
OChL. "Nasaf" bilan bir guruhda o‘ynagan ikki jamoa yarim finalga chiqdi
G‘arb mintaqasida Eronning "Persepolis" jamoasi Qatarning "Al-Duhail"ini 3:1 hisobida engdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (safarda 0:1 ga engilgan) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, "Persepolis" guruh bosqichida "Nasaf" bilan, "Al-Duhail" esa "Lokomotiv" bilan kuch sinashgan edi.
Ikkinchi o‘yin esa Qatarning "Al-Sadd" hamda Eronning "Istiqlol" jamoalari o‘rtasida kechdi. Dohada o‘tgan o‘yinda kuchlar teng keldi - 2:2. Tehronda o‘tgan dastlabki qarama-qarshilikda esa mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchgan edilar. Shu tariqa, "Nasaf" bilan guruh bosqichida to‘qnash kelgan "Al-Sadd" ikkinchi yarim finalchiga aylandi.
Fikrlar