OChL-2019. "Lokomotiv"ning ehtimoliy raqibi – “Minerva Panjob”
Oldinroq "temiryo‘lchilar"ning guruhdoshlari - Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” va BAAning “Al Vahda” jamoalari haqida ma’lumotlar berilgan edi. Endi B guruhiga chiqish uchun kurashadigan jamoalar haqida to‘xtalamiz.
Dastlab, B guruhiga chiqish uchun OChL saralashining 2-bosqichida Hindistonning “Minerva Panjob” jamoasi 12 fevral kuni Eronda “Saypa” mehmoni bo‘ladi. Bu Hindiston jamoasining qit’a miqyosidagi ilk o‘yini hisoblanadi. Jamoa mamlakatning amaldagi chempioni sifatida OChL saralash bosqichiga yo‘llanma oldi. Yakunlangan 2017/18 yilgi mavsumda panjobliklar 18 o‘yinda 11 g‘alaba, 2 durang, 5 mag‘lubiyat qayd etdi va 35 ochko to‘plab, yaqin ta’qibchisi “NEROKA”ni 3 ochkoga ortda qoldirdi.

“Minerva Panjob”ning uy o‘yinlari va mashg‘ulotlarni Panchkula shtatidagi 3000 o‘ringa mo‘ljallangan “Tau Devi Lal Football Stadium” stadionida o‘tkaziladi.
“Minerva Panjob” tarkibida kolumbiyalik Xorxe Rodriges, nigeriyalik Filipp Njoku, Bala Daxir, Donatus Edafe, ganalik Uilyam Asiedu va yaponiyalik Yu Kuboki kabi legionerlar faoliyat olib bormoqda.
Manba: Lokomotiv.uz
Fikrlar