Novak Jokovich yana bir bor tarixga kirdi

  • 8 sentabr, 2018, 23:08
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Amerika ochiq chempionatining yarim finalida serbiyalik Novak Jokovich yaponiyalik Kei Nishikorini mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Shu tariqa, Novak joriy yilgi sport mavsumida "Katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarda ikki marotaba finalga chiqqan yagona tennischiga aylandi.

Novak uchun "US Open" finali sakkizinchisidir. Ushbu musobaqada u ikki marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Jokovich "Katta dubulg‘a" turnirlarida jami 23 martta finalda o‘yin o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich Amerika ochiq chempionatining final o‘yinida argentinalik Xuan Martin del Potroga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!