
Novak Jokovich "US Open" yarim finalida
Nyu-York shahrida o‘tayotgan "US Open" turnirida chorak final bahslari davom etmoqda.
Mazkur musobaqaning ushbu bosqichida serbiyalik Novak Jokovich avstraliyalik Jon Millmanga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4, 6:4 hisobida ustun keldi.
Shu tariqa "Kata dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning yarim finaliga yo‘l olgan Novak finalga chiqish uchun yaponiyalik Kei Nishikori bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar