Nodirjon Mirzaahmedov “Uzbek Tigers”ga ilk g‘alabani taqdim etdi

CHERY AUTO

Termiz shahrida bo‘lib o‘tayotgan WSB VIII mavsum 5-turida “Uzbek Tigers” va “Caciques Venesuela” jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqda. S1 guruhi ishtirokidagi bokschilar qarama-qarshiligini 49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov va Polanko Vaskes boshlab berishdi.

Tecno

Dastlabki raundlarda hamyurtimiz tashabbusni  qo‘lga olib, raqibini shoshirib qo‘ydi. Jang o‘rtalariga kelib Vaskes biroz jonlangandek bo‘ldi, biroq bu uzoq davom etmadi va to‘rtinchi raundga kelib venesuelalik bokschining diskvalifikatsiya sababli jangni davom ettira olmasligini ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, jamoalarning S1 guruhi bokschilari ishtirokidagi jang “Uzbek Tigers” foydasiga hal bo‘ldi. 

“Uzbek Tigers” vs “Caciques Venesuela” – 1 : 0. LIVE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!