Niko Kovach: "Liverpul" favorit, lekin biz "Bavariya"miz!

  • 17 dekabr, 2018, 19:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur’a tashlandi. “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Niko Kovach ushbu bosqichda “Liverpul”ga to‘qnash kelganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Barchamiz bunday ajoyib qur’adan xursand bo‘lishimiz mumkin. Bizga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lganlar orasidagi eng kuchlisi to‘g‘ri keldi. “Liverpul” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi va hozirda APLda etakchilik qilmoqda. Ular Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogar hisoblanishadi. Lekin, biz “Bavariya”miz! O‘z navbatida Liverpul ham javob uchrashuvining Myunxenda o‘tkazilishini bilib turibdi. Shu bois imkoniyatlar 50/50 ”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Bavariya" juftligining ilk to‘qnashuvi 19 fevral kuni "Enfild"da bo‘ladi, javob bahsiga esa 13 mart kuni "Alyants Arena" mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!