Niko Kovach: Chempionlik uchun imkoniyatlarimiz kamayib ketdi, ammo "Bavariya" hech qachon taslim bo‘lmaydi

  • 3 fevral, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Germaniya Bundesligasining 20-turida “Bavariya” safarda “Bayer” mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan so‘ng myunxenliklar ustozi Niko Kovach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Durang ko‘proq adolatli natija bo‘lgan bo‘lardi. Bugun ko‘plab vaziyatlar bizning zararimizga ishladi. Endi peshqadam “Borussiya” Dortmundga etib olishimiz uchun esa qolgan 14ta o‘yindan unumli foydalanishimiz lozim. Albatta, bizning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarimiz kamayib ketdi, lekin “Bavariya” hech qachon taslim bo‘lmaydi”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” ayni damda peshqadam “Borussiya” Dortmunddan 7 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!