Nigora Tursunqulova: "Taekvondoda Osiyo qit’asida doimo raqobat kuchli"

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Vetnamning Xo Shi Min shahrida taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Nigora Tursunqulova -67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyatdan keyin 19 yoshli sportchimiz sportchimiz musobaqa taassuroti va kelgusidagi rejalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

"Kattalar o‘rtasida ikkinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishim. Bu yilgi chempionat ham qiyin bo‘ldi. Taekvondoda Osiyo qit’asida doimo raqobat juda kuchli. Bizni oldinda Gran-pri musobaqalari kutib turibdi. Mana shu yirik musobaqalar oldinda kutib turgan Osiyo o‘yinlariga munosib tayyogarlik ko‘rishimizga asos bo‘ladi", – deydi Nigora Tursunqulova.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!