
Neymar Kakaning rekordini takrorlashi uchun yana bitta gol urishi kerak
Xabaringiz bor ayni damda UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida PSJ o‘z maydonida “Tsrvena Zvezda”ni qabul qilmoqda va hozircha 4:0 hisobida oldinda bormoqda.
Parijliklarning braziliyalik hujumchisi Neymar 2 daqiqa ichida o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. E’tiborlisi, ushbu gollar uning EChLdagi 28- va 29-gollari bo‘ldi. Bu bilan u Chempionlar ligasida eng yaxshi braziliyalik to‘purarlar ro‘yxatida Rivaldoni (27) ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Endi Neymardan oldinda faqatgina Kaka bormoqda. “Milan” va “Real” klublari sobiq futbolchisi hisobida ushbu turnirda jami 30ta gol mavjud.
Fikrlar