Nelson Semedu: Messi bu sayyoradan emas

  • 27 fevral, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi himoyachisi Nelson Semedu argentinalik jamoadoshi Lionel Messi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“U ko‘rsatadigan o‘yin darajasini so‘z bilan tasvirlay olmayman. U bu sayyoradan emas. Messi bizni har bir o‘yinda hayratga soladi. Uning bir o‘zi sovrin yutishi va natija ko‘rsatishi mumkin. Messi mashg‘ulotlarda ham xuddi o‘yinda qilganlarini bajaradi. Shuning uchun biz doim unga qarshi o‘ynaganimizda juda qiynalamiz.

Messi va Ronalduni solishtiraymi? Bu portugaliyalik futbolchi uchun qiyin savol. Ular boshqa-boshqa futbolchilar. Lekin, ikkalasi ham juda zo‘r. Men ularning har ikkalasi bilan ham o‘ynash imkoniyatiga ega ekanligimdan baxtliman”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!