"Navbahor" o‘z maydonida gollar shousini taqdim qildi
Oliy Liga 28-turida Namanganning “Navbahor” klubi maydoniga safar uyushtirgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Mezbonlarning ustunligi ostida o‘tgan o‘yinda “Navbahor” a’zolaridan A’zam Aliev (29), Nemanya Yovanovich (38), Azizbek Turg‘unboev (57), Abbos Otaxonov (70) o‘zi hisoblariga bittadan gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, jizzaxliklar 53-daqiqada jamoa sardori Sanjar Rashidovning birgina aniq zarbasi bilan javob qaytara oldi xolos.
Oliy Liga 28-tur
08.11.2017
“Navbahor” (Namangan) – “So‘g‘diyona” (Jizzax) - 4 : 1
Gollar: A’zam Aliev 29, Nemanya Yovanovich 38, Azizbek Turg‘unboev 57, Abbos Otaxonov 70 – Sanjar Rashidov 53.
Ogohlantirishlar: Abbos Otaxonov 12, Dilshod Jabborov 59, – Otabek Valijonov 45, Sardor Qulmatov 47, Azamat Isroilov 64.
"Navbahor": Dilshod Hamroev, Abbos Otaxonov, G‘iyosjon Komilov, Oston O‘runov, Dilshod Jabborov (Murod Rajabov 72), A’zam Aliev, Ro‘zimboy Ahmedov (Abbos Maxstaliev 70), Jahongir Mehmonov, Darko Stanoevich, Azizbek Turg‘unboev, Nemanya Yovanovich (Ravshan Xursanov 78).
"So‘g‘diyona": Muzaffar Abdullaev (Shirinboy Abdullaev 76), Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Sanjar Rashidov, Suhrob Qobilov, Shohrux Dostonov (Sardor Eminov 64), Qahramon Baxodirov, Otabek Valijonov (Izzatilla Abdullaev 46), Sardor Qahorov, Javlon Guseynov, Umidjon Qodirov.
Ushbu natijadan so‘ng “Navbahor” ochkolari sonini 43 taga etkazib, musobaqa jadvalining 6-pog‘onasiga ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 28 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar