
"Nasaf" o‘rtoqlik uchrashuvida "Sho‘rtan"ni tor-mor keltirdi
Xabaringiz bor shu kunlarda barcha jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Jumladan, bugun Qashqadaryo viloyatining ikki vakili - “Nasaf” va “Sho‘rtan” jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. "Yoshlar qarorgohi maydoni" stadionda bo‘lib o‘tgan bahsda "ajdarlar" raqiblariga hech qanday imkon qoldirishmadi.
O‘rtoqlik o‘yini.
«Nasaf» - «Sho‘rtan» 4:1
Gollar: Bobir Davlatov (3), Oybek Bozorov (14, 20), Umarbek Eshmurodov (30) – Samandar Shodmonov (pen.55)
Fikrlar