"Napoli" sardori uchun Xitoyning 5ta klubi kurash olib bormoqda

  • 2 fevral, 2019, 21:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi sardori Marek Xamshik faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli slovakiyalik futbolchi uchun chin yurtining birdaniga 5 nafar klubi kurash olib bormoqda. Ammo, ular orasida "Guanchjou Evergrand" va "Xebey Chayna Forchun" klublarining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Ushbu transfer esa Xitoyda transfer derazasi ochilishi bilan amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xamshik joriy mavsum “Napoli” safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!