"Napoli" sardori faoliyatini Superligada davom ettirishga rozi bo‘ldi

  • 3 fevral, 2019, 09:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi sardori Marek Xamshik faoliyatini Superligada davom ettirishga rozi bo‘ldi.

Tecno

GianlucaDiMarzio.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli slovakiyalik futbolchi "Dalyan Ifan" klubi bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Xamshik yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 9 mln evro maosh oladi.

Qayd etish lozimki, Xamshikning transferi Xitoy klubiga 15 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xamshik “Napoli” tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan (520) hamda eng ko‘p gol urgan (121) futbolchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!