
“Napoli” hujumchisi mavsumni APLda boshlashi mumkin
Londonning "Vest Xem" klubi "Napoli" hujumchisi Roberto Inglezening xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi.
Football Italia nashrining yozishicha “bolg‘achilar” 26 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumni “Kevo” safida o‘tkazgan Ingleze ushbu jamoa tarkibida jami 34ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar