Naomi Osaka hammasi joyida
Melburn shahrida Sovrin jamg‘armasi 60,000,000 Avstraliya dollari bo‘lgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" musobaqasida to‘rtinchi davra bahslari davom etmoqda.
Unda yaponiyalik Naomi Osaka uch setda latviyalik Anastasiya Sevastovani 4:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida Naomi ukrainalik Elina Svitolina bilan raqobatlashadi.



Fikrlar