
Namanganlik bolalar Respublika chempioni bo‘lishdi
Namangan shahrida 12 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Navbahor Umid" maydonida bo‘lib o‘tgan musobaqa finalida Namangan va Andijon jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi. Uchrashuv Namangan jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, final uchrashuvini "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis, murabbiy Aleksey Belenov va klub direktori R.Akramovlar bevosita stadiondan tomosha qilib borishdi.
Shunday qilib, Namangan jamoasi musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Andijon ikkinchi bo‘ldi. Toshkent shahri 3, Farg‘ona jamoasi 4-o‘rin bilan kifoyalanishdi. Yakunla g‘oliblarga medallarni Andrey Kanchelskis topshirdi.
Fikrlar