
Nainggolan ertaga "Napoli"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti tartib-intizomni buzgani uchun yarim himoyachi Raja Nainggolanning A Seriya 18-turida "Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.
Aytish lozimki, 30 yoshli belgiyalik futbolchi so‘nggi paytlarda jamoa mashg‘ulotlariga tez-tez kech qolib kela boshladi. “Neradzurrilar” rahbariyati esa ohir-oqibat uni jazolashga qaror qildi va ma’lum muddat o‘yinlardan chetlatdi.
“Raja “Napoli”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Afsus, chunki u yaxshi futbolchi edi”, - deydi Spalletti.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" - "Napoli" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Fikrlar